Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://yozyovonadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750940529040-107676717.jpg

Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazi

https://yozyovonadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750940529040-107676717.jpg

Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar

Kutubxonamiz haqida

Kutubxonamiz — bilim izlovchilar, o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy va qulay ilmiy makon. Bu yerda siz turli sohalarga oid minglab kitoblar, maqolalar va raqamli resurslar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy

Kutubxonamiz haqida

Kutubxona haqida

        Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazi – bu nafaqat kitoblar to‘plami, balki bilim, ilhom va ijodiy o‘sish uchun muhim maskan hisoblanadi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy bilimlar uyg‘unlashgan ushbu makon barcha yoshdagi kitobxonlarga ochiq.

         Kutubxonamiz fondida tarixiy asarlar, badiiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, fan va texnika yangiliklari hamda bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar mavjud.

Kitob fondi muntazam ravishda yangilanadi. Elektron kutubxona xizmati orqali foydalanuvchilar internet orqali kerakli kitob yoki maqolalarni izlab topishlari, onlayn tarzda o‘qishlari yoki kutubxona tadbirlarida qatnashishlari mumkin.

        Kutubxonada o‘quv zallari, kompyuter xonasi, kutubxonachilar yordami va bepul Wi-Fi xizmatlari mavjud.

Bizning jamoamiz foydalanuvchilarga qulay muhit yaratish, ularni yangi bilimlar sari undash

hamda ijodiy fikrlashga rag‘batlantirishga intiladi.

        Kutubxonamizga har doim ochiq eshiklar bilan xush kelibsiz! Bilim sari birinchi qadamingizni biz bilan tashlang!

        Hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlik va kitob mutolaasiga bo‘lgan e’tibor yuksak darajadadir. Bugun Yozyovonda xar sohada olamshumul o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jumladan kutubxona sohasida ham. Yozyovonlik kitobxonlar va ziyolilarning azaliy orzulari bo‘lgan zamonaviy kutubxona mahalliy byujet tomonidan 1mlrd som ajratilib 2020 yil qurib bitkizilib, noyabr oyida foydalanishga topshirildi. Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov tashabbusi bilan kitobxonlarga qulayliklar yaratish maqsadida, kutubxonadagi eskirgan kitob javonlarini o‘rniga, 290 millon so‘m zamonaviy usuldagi kitob javonlariga almashtirildi.

         Yoshlarning zamon talablariga mos ravishda bilim olishlarini inobatga olib, tuman hokimi kutubxonamizga 30 millionlik komyuter jamlamalarini olib kelib topshirdi. Kitobxonlar o‘zlari kerakli ma’lumotlarni internet tarmog‘i orqali olmoqdalar

Kutubxonaga a'zo bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!

https://yozyovonadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750940529040-107676717.jpg

Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

Farg‘ona viloyati, Yozyavon tumani, Mustaqillik ko‘chasi 89 uy

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazi