
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
Yozyovon_akm@natlib.uz
+998911575012


Asosiy
Yangiliklar

“Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” doirasida mazmunli uchrashuv Yozyovon axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish, intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, tafakkur va tasavvur olamini boyitish hamda kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Aqlni sinab koʻramiz!" mavzusida kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob viktorinasi o‘tkazildi.

🗣️ Kitob ilohdan kuch olishga o‘rgatadi, ruhni tarbiyalaydi, odamni o‘z jismidan uzib, osmonga, koinotga yaqinlashtiradi. Uning tafakkuriga, idrokiga qanot va quvvat beradi.

Yozyovon tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholining, xususan, turli soha vakillarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitob mutolaasini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish maqsadida ko‘chma kutubxona xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. Navbatdagi ko‘chma kutubxona xizmati Yozyovon tuman Tibbiyot birlashmasida tashkil etildi.

Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitobxon yoshlar ishtirokida "Oʻz oʻlkangizni bilasizmi?" mavzusida qiziqarli soʻrovnoma oʻtkazdilar.

#Tavsiya 📖 "Ufq"

Kitob o‘qiyotgan odam o‘zini va o‘zgalarni xalos qilishni, poklashni o‘ylayotgan, shuning yo‘lini izlayotgan odam. ✍️ Nazar Eshonqul

Yozyovon tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman ko‘chma kutubxona xizmati Tuman Kadastr boʻlimida tashkil etildi.

🌿 Yozyovon zamini — ilm, ma’rifat va adabiyotga mehr qo‘ygan, el-yurtga munosib farzandlarni voyaga yetkazgan qutlug‘ maskan. Bu yurtda tug‘ilib, o‘zining serqirra ijodi, ilmiy izlanishlari va ma’rifiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri — taniqli yozuvchi, shoir, tarjimon, olim, noshir va san’atkor Tilavoldi Jo‘rayevdir.

♦️1906-yilda aka-ukalar Xose va Antoniu Lello tomonidan ochilgan Livraria Lello nafaqat qadimiy kitob do‘koni, balki haqiqiy me’moriy durdona sifatida tanilgan. Neogotik uslubda barpo etilgan bu maskan ko‘plab kitobxonlar uchun ilhom manbayi bo‘lib kelmoqda.

Yozyovon tuman Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida kitobxon yoshlar o‘rtasida “Tarix saboqlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 📖 Tadbir davomida XX asrning murakkab va fojeali davrlarida qatag‘on siyosati qurboni bo‘lgan xalqimizning fidoyi farzandlari, ularning ilm-fan, adabiyot, ma’rifat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar

Yozyovon tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Qoʻriqlash boʻlimida ko‘chma kutubxona xizmati tashkil etildi.